Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Xulqungni rost qilg‘il har sorig‘aki borsang,
“Ahsanta!” der bori el gar yaxshi ot chiqarsang.
Eshiking ostonig‘a qo‘yubon iki yuzimni,
O‘pay gohi tavoze’ birla, surtay ko‘zumni.
Ko‘ngulg‘a o‘t solur ul gulning iki yuzining oli,
Ichimni kuydurodur ul qaro zulfi olida xoli.
Ishq tavrin istasang, qoshimg‘a beihmol kel!
Ishq aro ozor behad chekmisham, yod ol, kel!
Bezor bo‘ldi ko‘nglum, ozurda qildi chun yor,
Bezor bo‘lg‘ay ondin ozor topsa nochor.
Sig‘mas erdim to‘numg‘a farahdin men hazin,
Bemehr yor qilsa atoe libosdin.
Ko‘ngulni zuhdu taqvo-u vara'din yondurubturmen,
Seni deb yuz yig‘ochdin, ey parivash kelturubturmen.
Chun seni boqmas, ul oyning javrig‘a yuz bag‘lama,
Oy yuzini ko‘rmak istar bo‘lsang, ey ko‘z, yig‘lama.
Telba bo‘ldum, el demas holimni, ey zolim, sanga
Yo beri kelsang payopay aytayin holim sanga.
Raqib uyida nihon o‘ynar ul habib qimor,
Netib o‘zumni anga hamdami qimor qilay.
Rindlar bazmig‘a yetti shayxu ko‘p qildi jafo,
Boda jomi sinmadi, darham bo‘lub otti aso.
Tilar firoq ul oydin meni hamisha yiroq,
Chu mehr ko‘rsatur ul oy, nedur murodi firoq.
Pare bo‘ldi joning sening, Boburo,
Ko‘ngul qushi dilbasta joning bila.
Ko‘ngul uchmog‘in istasa jild qilib,
Uchar yor qil munis oning bila.
Yuz biyobon tarafig‘a urayin,
Dardi dil birla ne munda turayin.
Yo Rab, ul xurshidro‘, bemehr oyim qandadur
Kim, anga solsam ko‘zumni, yo desam ko‘nglum g‘amin.
Tiyg‘i jafoni kimga desang ahli holdur,
Boshig‘a sindurur buti bee’tidoldur.
Pinhon ko‘ngulda ishq edi hijron balosida,
Fosh o‘ldi mojarosi xaloyiq arosida.
Men ishqida zoru voqif ermas
Holimdin o‘shal nigori chiniy,
Dardimni dedim, vale, ne bilgay,
To anglamag‘uncha forsiyni.
Bihishti nash’ag‘a jon birla irtibot tila,
Xumor do‘zaxi uchun araqi Sirot tila.
Ul parishon zulfiningkim kinasi derinadur,
Chun parishonroqdurur go‘yo nitoji kinadur.
Ne tong gar osmonda qilsa boziy,
Ul oyningkim oti bo‘lg‘ay Hijoziy.
Hamisha ovg‘a borurmen, demang, ne ketmakdur?
Ul oydur ov jihati, ne taajjub etmakdur?