Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Holimg‘a kerak habib evrulsa edi,
Ishrat qadahi habibdin to‘lsa edi.
Xushvaqt turur yor, vale men noxush,
Xushvaqt bo‘lur erdim, chog‘ir bo‘lsa edi.
Xatingni ko‘rub, ko‘ngulga hayrat bo‘ldi,
She’ring eshitib, jong‘a masarrat bo‘ldi.
Bu necha mahal tag‘oful etting, demakim,
Tole’ yo‘q ediki, muncha g‘aflat bo‘ldi.
Xotirg‘a xutur etti bu so‘z yangla, axi,
Аytay senga, sen quloq solib ongla, axi.
Umrungni bu kun xush kechir ahbob ilakim,
Topilmog‘usidur ushbu kun tongla, axi.
Yetsam sanga, qullug‘umni cho‘q arz qilay,
Sen yetsangu men desamki yo‘q, arz qilay.
Ko‘ptur so‘zumu mahram emas hech kishi,
Ruxsat esa, tobug‘ungda-o‘q arz qilay.
Qosidki yibording, ayladi shod meni,
Doim bu yusunluq aylagil yod meni.
Ozodinga qul boʼlayki, xating keturub,
Hajring gʼamidin ayladi ozod meni.
Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki, ayladim – xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Gar sidq bila birovki oshiq bo‘lg‘ay,
Ma’shuq visoli anga loyiq bo‘lg‘ay.
Pir ollida topqusi murodin beshak,
Har kimki agar muridi sodiq bo‘lg‘ay.