Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Zahiriddin Muhammad Bobur RUBOIYLARi

RUBOIYLAR

Gar Ruhdam etsa erdi ohangi nag‘am ...

Gar Ruhdam etsa erdi ohangi nag‘am,

Majlista ne huzn qolur erdiyu ne g‘am.

To borg‘ali Ruhdam bizing majlisdin,

Majlis eliga ne ruh qoldi-yu, ne dam.

To‘liq holini o‘qish
Bemehr desa el seni, men butmas edim ...

Bemehr desa el seni, men butmas edim,

Hargiz bu sifatni senga yovutmas edim.

Nohaq og‘rib, meni unuttung oxir,

Vallohki, sendin bu tama’ tutmas edim.

To‘liq holini o‘qish
Bu olam aro ajab alamlar koʼrdum ...

Bu olam aro ajab alamlar koʼrdum,

Olam elidin turfa sitamlar koʼrdum,

Har kim bu «Vaqoeʼ»ni oʼqur, bilgaykim,

Ne ranju ne mehnatu ne gʼamlar koʼrdum.

To‘liq holini o‘qish
Bu chehrai zardimdin uyolsang, netgaymen? ...

Bu chehrai zardimdin uyolsang, netgaymen?

Rahmat nazarini manga solsang, netgaymen?

Bir ishva bila koʼngul berib Boburgʼa,

Bir boʼsa bila koʼnglini olsang, netgaymen?

To‘liq holini o‘qish
Beqaydmenu harobi siym ermasmen ...

Beqaydmenu harobi siym ermasmen,

Ham mol yigʼishtirur laim ermasmen.

Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,

Аndoq demangizlarki, muqim ermasmen.

To‘liq holini o‘qish
Ul bordiki, ishrat orzu qilg‘aysen ...

Ul bordiki, ishrat orzu qilg‘aysen,

Ishrat tilamaklikta g‘ulu qilg‘aysen.

Chun ayshu farog‘ mumkin ermas zinhor,

Bobur, g‘amu mehnat bila xo‘ qilg‘aysen.

To‘liq holini o‘qish
Xush ulki, kelib yonimda o‘lturg‘aysen ...

Xush ulki, kelib yonimda o‘lturg‘aysen,

Yo bir nafas ollimda kelib turg‘aysen.

Og‘zingg‘a o‘par so‘zin bitiy olmasmen,

Borg‘on kishidin og‘iz so‘zin so‘rg‘aysen.

To‘liq holini o‘qish
Jonimda mening hayoti jonim sensen ...

Jonimda mening hayoti jonim sensen,

Jismimda mening ruhi ravonim sensen.

Boburni seningdek o‘zga yo‘q yori azizi,

Аlqissaki, umri jovidonim sensen.

To‘liq holini o‘qish
El suhbatiniki, orzu qilmishmen ...

El suhbatiniki, orzu qilmishmen,

Ne xushlug‘ ila bu guftugo‘ qilmishmen.

Ishrat bila ayshni ne ish qilg‘aymen,

Menkim, g‘amu mehnat bila xo‘ qilmishmen.

To‘liq holini o‘qish
Ishq ishini boshtin yana bunyod etayin ...

Ishq ishini boshtin yana bunyod etayin,

Ishqing g‘ami birla xotirim shod etayin.

Debsenki, unutma meni hijron aro, voy,

Seni unutub, ne kishini yod etayin?!

To‘liq holini o‘qish
Nisyon qalamin necha menga surgaysan ...

Nisyon qalamin necha menga surgaysan,

Vaqt o‘ldiki, hajr nomasin burgaysen.

Budur tilagim – xatimni chun ko‘rgaysen,

Аlbatta, o‘zungni manga yetkurgaysen!

To‘liq holini o‘qish
Muncha meni zor, ey yuzi xurshed, etma ...

Muncha meni zor, ey yuzi xurshed, etma,

Furqat alamini menga jovid etma.

Tengridin agar sening umiding bordur,

Tengri uchun, ey oy, meni navmid etma.

To‘liq holini o‘qish
Sen anda farog‘u ayshu ishrat birla ...

Sen anda farog‘u ayshu ishrat birla,

Men munda xarobu ranju mehnat birla.

Аsrarmen o‘zum birla seni naqsh qilib,

Xursand bo‘lurmen ushbu suvrat birla.

To‘liq holini o‘qish
Dunyo borisi manga musaxhar bo‘lsa ...

Dunyo borisi manga musaxhar bo‘lsa,

Uqboda dog‘i Xudoy yovar bo‘lsa.

Budur tilagim ikki jahonda Haqdin,

Har ne tilasam, bori muyassar bo‘lsa!

To‘liq holini o‘qish
Jon vola erur la’li shakarboringg‘a ...

Jon vola erur la’li shakarboringg‘a,

Ko‘nglum ham erur xarob ruxsoringg‘a.

Guftoring erur boshdin-ayoq borchasi xub,

Men banda bo‘lay boshtin-ayoq boringg‘a.

To‘liq holini o‘qish
Yod etmas emish kishini g‘urbatta kishi ...

Yod etmas emish kishini g‘urbatta kishi,

Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatta kishi.

Ko‘nglum bu g‘aribliqda shod o‘lmadi, oh,

G‘urbatta sevunmas emish, albatta, kishi.

To‘liq holini o‘qish