Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Holimni sanga aytib, xajr o‘tig‘a o‘rtondim,
Ey yor, yamon qildim, har neki dedim – yondim.
San bo‘sa sening ko‘nglung gar istasa, andoq qil,
Sanbo‘sa kerak bo‘lsa, san bo‘sa inoyat qil.
Ul pariruxsora hargiz notavonliq ko‘rmasun!
Yaxshidur yaxshi kishi, hargiz yomonliq ko‘rmasun!
Sendin ayru naylagaymen ayshu sahbo xushlug‘in,
Kim sening uchun tilarmen barcha dunyo xushlug‘in.
Meni hijronda kuydursang, ko‘ngul sendin sovutmasmen,
Agarchi sen unuttung meni, seni men unutmasmen!
Qovun birla uzumning hajrida ko‘nglumda g‘am har so‘,
Oqar suvning firoqidin ko‘zumdin har dam oqar su(v).
Firoqing o‘lturur oxir meni dilxastani, beshak,
Meni o‘ltur visolingda, ne ya’ni, andak o‘lturmak.
Do‘stluqni gar tilarsen, aylasang isbot kel,
Suhbatingg‘a asru ko‘p mushtoqdurmen, bot kel.
Qutulmoq firoqingdin oson emas,
Yetishmak visolingg‘a imkon emas.
Darding o‘lsa, ilojni netayin?
Sensizin taxtu tojni netayin?
Yorning ag‘yorg‘a mehru vafosin angladim,
Notavon ko‘nglumga ham javru jafosin angladim.
Qadin ko‘z jo‘yborig‘a ul oy bexost keltursa,
Oyog‘idin ko‘tarmay boshni, Tangri rost keltursa.
Senga holimni yozdim, sajda qildim,
Aytqilkim, ne yozdim, ne yongildim?
Otin og‘zimg‘a oldim ersa, tortar tig‘i kin ul mah,
Meni gar o‘lturur bo‘lsa bu yozuq birla, bismillah.
Ulfatim el birla ozdur, ko‘bdur el javri menga,
Ne mening tavrim yoqar elga, ne el tavri menga.
Bahor mavsumi o‘tti-yu xush xavo o‘tti,
Tag‘oful aylama soqiyki, o‘tti, ho, o‘tti.
Necha boshimg‘a yog‘durg‘ay jafo toshini ul mahvash?
Necha sabr aylay oning javrig‘akim, o‘tdi haddin tosh?
May xumoridin o‘lur har nafas afzun dardim
Soqiyo, kel, bir ayoq berki, ilikdin bordim.
Yana oshuftaroq ko‘rdum o‘shal nomehrubonimni,
Ne ish qildim? Ne taqsir o‘ldi? Bilmasmen gunohimni.
Hajr ila qo‘nglumni buzding, vasl birla tuz meni,
Bordingu o‘lturdung oxir, kel, dag‘i tirguz meni.
Bo‘ldi hajring do‘zaxining bartaraf bo‘lmoq chog‘i
Kim, visolingning dalilidur ko‘zumning uchmog‘i.
Ham husnining binafsha-yu gul banda-bardasi,
Ham sarv erur chamanda bir ozodkardasi.