Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Zahiriddin Muhammad Bobur G‘AZALLARi

G‘AZALLAR

Necha davron g‘ussasi bo‘lg‘ay mening jonimg‘a xos ...

Necha davron g‘ussasi bo‘lg‘ay mening jonimg‘a xos,

Koshki o‘lsam, dog‘i bu g‘ussadin bo‘lsam xalos!

 

Ohu vovaylo – surudum, dardu g‘am – hamsuhbatim,

Boda – ashkim qoni, kim ko‘rdi muningdek bazmi xos?

To‘liq holini o‘qish
So‘rma holimniki, bo‘ldum burnog‘idin zorroq ...

So‘rma holimniki, bo‘ldum burnog‘idin zorroq,

Jism jondin zoru jonim jismdin afgorroq.

 

Banda taqrir aylay olmon band-bandim dardini,

Yuz temur band o‘lsa, ondin bu erur dushvorroq.

To‘liq holini o‘qish
Yor yuzumni ko‘rub dardu g‘amim bilsa kerak ...

Yor yuzumni ko‘rub dardu g‘amim bilsa kerak,

Yuz ko‘rub dardu g‘amim chorasini qilsa kerak.

 

Ey sabo, jonu ko‘ngulni o‘zining chun qildi,

Ko‘ngli birla degasen, joni uchun kelsa kerak.

To‘liq holini o‘qish
Bir pari men telbani husnig‘a moyil qilg‘udek ...

Bir pari men telbani husnig‘a moyil qilg‘udek,

Ko‘zum ichra yer tutub, ko‘nglumda manzil qilg‘udek.

 

Ko‘nglumizga javr behad qildi ul nomehrubon,

Jonima yuz ming g‘amu mehnatni hosil qilg‘udek.

To‘liq holini o‘qish
Chiqsa quyosh falakka, sen otqa chiqqaningdek ...

Chiqsa quyosh falakka, sen otqa chiqqaningdek,

Bo‘lg‘aymu ul seningdek, ul biri tavsaningdek?

 

Ko‘ksumni chunki yording, kirgil ko‘ngulgakim, bor –

Ul yora eshigingdek, ko‘z anda ravzaningdek.

To‘liq holini o‘qish
O‘zni, ko‘ngul, aysh ila tutmoq kerak ...

O‘zni, ko‘ngul, aysh ila tutmoq kerak,

Bizni unutqonni unutmoq kerak.

 

Аyshu tarab gulbunig‘a suv berib,

G‘ussa niholini qurutmoq kerak.

To‘liq holini o‘qish
Mayaki sofak oʼlsa iki manak ...

Mayaki sofak oʼlsa iki manak,

Shoʼxaki nobu kajaki jamanak.

 

Mayaki pur nishotaki mastak,

Shoʼxaki behayoyaki bazanak.

To‘liq holini o‘qish
Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching ...

Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching,

Shikasta ko‘ngluma ermish qaro balo soching.

 

Boshimg‘a chiqti tutun rashkdin qora sochdin,

Аyoqqa tushgali, ey sarvi noz, to soching.

To‘liq holini o‘qish
O‘lturur garchi meni guftoring ...

O‘lturur garchi meni guftoring,

Tirgizur ul labi shakarboring.

 

Kuydurur hasratida meni, netay,

Otashin guldek iki ruxsoring.

To‘liq holini o‘qish
Olida go‘yin ko‘rung, ilgida chavgonin ko‘rung ...

Olida go‘yin ko‘rung, ilgida chavgonin ko‘rung,

Yuzida zulfi bila go‘yi zanaxdonin ko‘rung!

 

Sekretib yeldurganida tavsanig‘a ko‘z soling,

Yoyqolib yo‘l yurusa, sarvi xiromonin ko‘rung!

To‘liq holini o‘qish
Qaysi bir ozorin aytay jonima ag‘yorning ...

Qaysi bir ozorin aytay jonima ag‘yorning,

Qaysi bir og‘ritqonin qo‘nglumni dey dildorning?

 

Qaysi bir berahlig‘ini tolei gumrohning,

Qaysi bir kajravlig‘ini charxi kajraftorning?

To‘liq holini o‘qish
Kimki bo‘lg‘ay sen kibi olamda dildori aning ...

Kimki bo‘lg‘ay sen kibi olamda dildori aning,

Har qayon azm aylasa, bo‘lg‘ay Xudo yori aning.

 

Ko‘yidin men azm etarmen – qolg‘udektur xotirim,

Xotirimni saxlasa, Tengri nigahdori aning.

To‘liq holini o‘qish
Telba ko‘nglumkim, sening changingdadur, yod aylagil ...

Telba ko‘nglumkim, sening changingdadur, yod aylagil,

Bir navozish birla ko‘nglumni mening shod aylagil.

 

Ishrat ichra har qachonkim, chang olsang ilgingga,

Furqatingda qolg‘on egri qomatim yod aylagil.

To‘liq holini o‘qish
Ne fikrekim, sening fikring emas – ul fikr erur botil ...

Ne fikrekim, sening fikring emas – ul fikr erur botil,

Ne umrekim, o‘tar sensiz – erur ul umr behosil.

 

Taolalloh, ne ko‘zu qoshdururkim, har qachon ko‘rsam,

Gahi ko‘nglum bo‘lur bexud, gahi aqlim bo‘lur zoyil.

To‘liq holini o‘qish
Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim ...

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,

Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.

 

Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim,

Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

To‘liq holini o‘qish
Sening ishqingda, ey nomehrubon, bexonumon bo‘ldum ...

Sening ishqingda, ey nomehrubon, bexonumon bo‘ldum,

Demon bexonumon, ovvorai ikki jahon bo‘ldum.

 

Labing gar bermasa bo‘sa, nechuk jon elta olg‘ayman,

Bu yo‘ldakim adam sahrosig‘a emdi ravon bo‘ldum.

To‘liq holini o‘qish