Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Zahiriddin Muhammad Bobur G‘AZALLARi

G‘AZALLAR

Zuhd ketti esa, karam qildi ...

Zuhd ketti esa, karam qildi,

Ishq keldi-yu, muhtaram qildi.

 

Ul alif bo‘yluq oyning ishqi

Meni olam aro alam qildi.

To‘liq holini o‘qish
Yoz bo‘ldi-yu, bo‘ldi yana jannat kibi yozi ...

Yoz bo‘ldi-yu, bo‘ldi yana jannat kibi yozi,

Xush ul kishikim, aysh ila o‘tgay qishu yozi.

 

Dutora uni ayshu farog‘atni berur yod,

Mutribg‘a quloq tutki, ne der nag‘mada sozi.

To‘liq holini o‘qish
Boshda gar yo‘qtur jalolat gavharidin afsare ...

Boshda gar yo‘qtur jalolat gavharidin afsare,

Yonima basdur mazallat tufrog‘idin bistare.

 

Kirgali ko‘ksum aro ko‘nglum ishi kuymakdurur,

Men nechuk kuymayki, ko‘ksum ichra bordur axgare

To‘liq holini o‘qish
Bihamdillahki, ul gulda vafodin bor emish bo‘e ...

Bihamdillahki, ul gulda vafodin bor emish bo‘e,

Jafo tarkin qilur ermish yana turki jafojo‘e.

 

Qadam ranja qilib, boshimg‘a kelgaymu debon ul oy,

Tutubmen poyi devore, qilib maskan sari ko‘e.

To‘liq holini o‘qish
Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati ...

Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati,

She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati.

 

Yoz faslida chog‘ir ichmakning o‘zga holi bor,

Kimga bu nash’a muyassar bo‘lsa, bordur davlati.

To‘liq holini o‘qish
Ul ahd ila paymon qani, ey yor, ne bo‘ldi? ...

Ul ahd ila paymon qani, ey yor, ne bo‘ldi?

Ul lutf ila ehson qani, ey yor, ne bo‘ldi?

 

Kettim meni hayron eshigingdin, demading hech:

Ul telbai hayron qani, ey yor, ne bo‘ldi?

To‘liq holini o‘qish
Shukrilillah, aysh yuzlandiyu mehnat qolmadi ...

Shukrilillah, aysh yuzlandiyu mehnat qolmadi,

Yetti ayyomi visolu shomi furqat qolmadi.

 

Yuzlanib amnu farog‘at, g‘ussau g‘am bo‘ldi daf’,

Аyshu ishrat keldi-yu, ranju mashaqqat qolmadi.

To‘liq holini o‘qish
Yana bir ko‘z g‘amidin xasta ko‘rarmen o‘zni ...

Yana bir ko‘z g‘amidin xasta ko‘rarmen o‘zni,

Yana bir zulfg‘a vobasta ko‘rarmen o‘zni.

 

Labining hasratida zor toparmen jonni,

Ko‘zining furqatida xasta ko‘rarmen o‘zni.

To‘liq holini o‘qish
Habib bo‘lsa edi, yo raqib o‘lsa edi ...

Habib bo‘lsa edi, yo raqib o‘lsa edi,

Raqib o‘lsa edi, yo habib bo‘lsa edi.

 

Ko‘ngulga mehnatu g‘am har ne bo‘lsa, bo‘lsa edi

Ki, yorga qotilib, g‘ayrdin qutulsa edi.

To‘liq holini o‘qish
Chamanda sarvni o‘lturg‘uzub turur yurushi ...

Chamanda sarvni o‘lturg‘uzub turur yurushi,

Qiyomate qo‘poribtur ot uzra o‘lturushi.

 

Meni shikastani qistab, qo‘ngulni g‘uncha qilur,

Qoshini chetmog‘i birla tor og‘zini burushi.

To‘liq holini o‘qish
Ko‘k vusmada ul oy qoshi go‘yo xiloldur ...

Ko‘k vusmada ul oy qoshi go‘yo xiloldur,

Yo oy boshida ko‘kta ko‘rungan hiloldur.


Ne nav’ o‘xshasun yuziga oftobkim,

Oning zavoli borduru bu bezavoldur.

To‘liq holini o‘qish