Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Zahiriddin Muhammad Bobur G‘AZALLARi

G‘AZALLAR

Xazon yafrog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim ...

Xazon yafrog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim,

Ko‘rub rahm aylagil, ey lola rux, bu chehrai zardim.

 

Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,

Oyog‘ingg‘a tushub bargi xazondek muncha yolbardim.

To‘liq holini o‘qish
G‘ayr toshi zaxmidin dardimni izhor etmadim ...

G‘ayr toshi zaxmidin dardimni izhor etmadim,

Ichtagi pinhon g‘amim toshtin namudor etmadim.

 

Qondin elga yoydi tifli ashk sirrimni mening,

Chunki men ul yoshni hargiz sohib asror etmadim.

To‘liq holini o‘qish
Oyog‘in o‘psam, yetishgay arsh toqig‘a boshim ...

Oyog‘in o‘psam, yetishgay arsh toqig‘a boshim,

Dast bergay davlatim, gar tutsa ilgim mahvashim.


Qo‘ymog‘umdur etaging ketsam ilikdin har necha,

Bormog‘umdur ostoningdin agar borsa boshim.

To‘liq holini o‘qish
Ne xush bo‘lg‘ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg‘otsam ...

Ne xush bo‘lg‘ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg‘otsam,

Kechalar tori mo‘yidek beliga chirmashib yotsam.

 

Gahi guldek yuzini ul shakar so‘zlukning islasam,

Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la’lidin totsam.

To‘liq holini o‘qish
Hajr aro ishrat ayog‘in bormu no‘sh aylar chog‘im ...

Hajr aro ishrat ayog‘in bormu no‘sh aylar chog‘im,

Sensizni yurub ayoq ichkuncha sinsun oyog‘im!

 

Ishq bemorimenu sen husnunga mag‘ruru mast,

Men nechun bormay o‘zumdinkim, dame yo‘qtur sog‘im.

To‘liq holini o‘qish
G‘urbatu hijrong‘a qoldim, oh ul jon ilgidin ...

G‘urbatu hijrong‘a qoldim, oh ul jon ilgidin,

Jong‘a yettim emdi g‘urbat birla hijron ilgidin.

 

Ko‘rsatur gah tig‘u gah o‘q holatimni bilmayin,

Ne balolar ko‘radurman yori nodon ilgidin.

To‘liq holini o‘qish
Yana ko‘z uyida ma’vo qilibsen ...

Yana ko‘z uyida ma’vo qilibsen,

Ko‘ngul koshonasida jo qilibsen.

 

Yana savdoi zulfungdin, nigoro,

Meni oshuftavu shaydo qilibsen.

To‘liq holini o‘qish
Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko‘rgamen ...

Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko‘rgamen,

Kim vafo jondin ko‘rubdurkim, men ondin ko‘rgamen?!

 

Ko‘z yo‘lidin ul pari husnin nazar aylar edim,

Qon yoshim ul yo‘lni tutti, emdi qondin ko‘rgamen?

To‘liq holini o‘qish
Takalluf har necha suratta bo‘lsa, ondin ortuqsen ...

Takalluf har necha suratta bo‘lsa, ondin ortuqsen,

Seni jon derlar, ammo betakalluf jondin ortuqsen.

 

Parining husn ichra garchi oti benihoyattur,

Meni devona qoshimda va lekin ondin ortuqsen.

To‘liq holini o‘qish
Bu yangligʼ bilsam erdi hajrning muhlik qaro shomin ...

Bu yangligʼ bilsam erdi hajrning muhlik qaro shomin,

Berurmu erdim oʼlguncha iligdin vasl ayyomin?!

 

Jahonda ayshu ishratdin koʼngul orom topqaymu,

Kishi to koʼrmaguncha yonida mahvash diloromin?

To‘liq holini o‘qish
So‘zlab ul la’li shakarxoni shakarrez etasen ...

So‘zlab ul la’li shakarxoni shakarrez etasen,

Ochib ul zulfi sumansoni dilovez etasen.

 

Gah qoshing sekritibu gohi ko‘zungni o‘ynatib,

Ne balolarkim mening jonimg‘a angez etasen.

To‘liq holini o‘qish
Qadu xatting bila ko‘zu yuzung, ey sarvi simin tan ...

Qadu xatting bila ko‘zu yuzung, ey sarvi simin tan,

Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshan.

 

Hadisu la’lu raftoru jamolingdin erur har dam,

Tilim go‘yo, so‘zum rangin, ko‘ngul xurram, ko‘zum ravshan.

To‘liq holini o‘qish
Ishq elining ohidin ul sarv qad xam bo‘lmasun ...

Ishq elining ohidin ul sarv qad xam bo‘lmasun,

G‘am yelidin ul muanbar zulf darham bo‘lmasun.

 

Dahri dundin tegmasun ozor nozik jisminga,

Dahr ahlidin muborak ko‘nglungga g‘am bo‘lmasun.

To‘liq holini o‘qish
Tushumda chun quyoshdek orazingni ko‘rdum o‘trudin ...

Tushumda chun quyoshdek orazingni ko‘rdum o‘trudin,

Tilarmen to qiyomat ochmag‘aymen ko‘zni uyqudin.

 

Sening vaslingdin ayru tushgali borg‘on sori ortar,

Tahassur orqadin, mehnat yonimdin, hajr o‘trudin.

To‘liq holini o‘qish
Quyoshim har sorig‘a azm kilsa, zarraye qolmon ...

Quyoshim har sorig‘a azm kilsa, zarraye qolmon,

Ne uchunkim, agar ayrilsam andin kun ko‘ra olmon.

 

Aningdek bo‘lmisham hayron quyosh yanglig‘ yuzunggakim,

Quyoshdek nayzalar tegsa ko‘zumga, ko‘z ola olmon.

To‘liq holini o‘qish
Mening ko‘nglumni har dam og‘ritib, parvoye qilmaysen ...

Mening ko‘nglumni har dam og‘ritib, parvoye qilmaysen,

Sen, ey bedard, naylaykim, ko‘ngul dardini bilmaysen.

 

Ne bilg‘aysen mening dardu g‘amim har soatu har dam –

Ki, husn usruklugidin oyu yil, ey oy, oyilmaysen.

To‘liq holini o‘qish