Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Zahiriddin Muhammad Bobur RUBOIYLARi

RUBOIYLAR

To qildi meni firoq aro yod habib ...

To qildi meni firoq aro yod habib,

Mahjur ko‘ngulni ayladi shod habib.

Gar vasl muyassar o‘lmasa, netay, ey Bobur,

Faryod habibu ohu faryod habib!

To‘liq holini o‘qish
Bu telba ko‘ngulki, ishq aning sudidur ...

Bu telba ko‘ngulki, ishq aning sudidur,

Аhbobning ixtiloti maqsudidur.

Hijron chekib, ahbobni har kimki ko‘rar,

Xush davlatiyu tolei mas’udidur.

To‘liq holini o‘qish
Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur ...

Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur,

Po‘loddur ko‘nglungu bag‘ring toshdur.

Nomamg‘a agar yaxshi javobing yo‘qtur,

So‘kmak bila yod aylasang ham – xushtur.

To‘liq holini o‘qish
Bobur, necha bu dahr meni zor aylar? ...

Bobur, necha bu dahr meni zor aylar?

Sabrimni kamu g‘amimni bisyor aylar.

To dahrdurur, budur aning rasmikim,

Аyrib kishini azizidin, xor aylar.

To‘liq holini o‘qish
Ko‘pdin berikim, yoru diyorim yo‘qtur ...

Ko‘pdin berikim, yoru diyorim yo‘qtur,

Bir lahzau bir nafas qarorim yo‘qtur.

Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,

Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur.

To‘liq holini o‘qish
Bu yog‘lig‘kim «Bog‘i jahon» chog‘liqdur ...

Bu yog‘lig‘kim «Bog‘i jahon» chog‘liqdur,

Jon rishtasi har rishtasig‘a bog‘liqdur.

Tan tori – yuzum oltunidektur sensiz,

Ko‘r – ul ikkidin namuna bu yog‘liqdur.

To‘liq holini o‘qish
Ahbob, yig‘ilmoqni farog‘at tutungiz! ...

Ahbob, yig‘ilmoqni farog‘at tutungiz!

Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz!

Chun gardishi charx budurur, Tengri uchun,

Bir-birni necha kuni g‘animat tutungiz!

To‘liq holini o‘qish
Husn ahlig‘a zoru mubtalo ko‘z ermish ...

Husn ahlig‘a zoru mubtalo ko‘z ermish,

Jonim bila ko‘nglumga balo ko‘z ermish.

Fahm ayladim emdi, Boburo, ishq ichra

Ko‘zumni qorortqon qaro ko‘z ermish.

To‘liq holini o‘qish
Eykim, bari she’r ahlig‘a sen xon yanglig‘! ...

Eykim, bari she’r ahlig‘a sen xon yanglig‘!

She’ring bori she’rlarga sulton yanglig‘!

Mazmuni aning xati savodi ichra,

Zulmat arosida obihayvon yanglig‘!

To‘liq holini o‘qish
Kim bor anga ilm, tolibi ilm kerak ...

Kim bor anga ilm, tolibi ilm kerak,

O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak!

Men tolibi ilmu tolibi ilme yo‘q,

Men bormen ilm tolibi – ilm kerak.

To‘liq holini o‘qish
Ko‘z sham’ini yorutqali mahvash kelding ...

Ko‘z sham’ini yorutqali mahvash kelding,

Sabr uyini kuydurg‘ali otash kelding,

Qilding meni kelganing bila minnatdor,

Rahmat senga, yaxshi keldingu xush kelding!

To‘liq holini o‘qish
Har yerdaki gul bo‘lsa, tikon bo‘lsa, ne tong?! ...

Har yerdaki gul bo‘lsa, tikon bo‘lsa, ne tong?!

Har qandaki may durdi don bo‘lsa, ne tong?!

She’rimda agar hazl, agar jid, kechurung,

Yaxshi borida agar yomon bo‘lsa, ne tong?!

To‘liq holini o‘qish
Doim sog‘inib, ko‘ngulni ol, xush qolg‘il! ...

Doim sog‘inib, ko‘ngulni ol, xush qolg‘il!

Rahmat nazarini menga sol, xush qolg‘il!

Noxush edi buki, men yomon bordim, lek

Sen lola uzor, yaxshi qol, xush qolg‘il!

To‘liq holini o‘qish
To qilg‘ali zikri tab’ nomini ko‘ngul ...

To qilg‘ali zikri tab’ nomini ko‘ngul,

Vird ayladi tab’ ahli kalomini ko‘ngul.

To hajr g‘amu mehnati taskin topqay,

Istaydurur ahbob payomini ko‘ngul.

To‘liq holini o‘qish
Yakson karaming qoshida mudbiru muqbil ...

Yakson karaming qoshida mudbiru muqbil,

Oson sening ollingda jame’i mushkil.

Yo lutfu inoyat oncha qilkim, ko‘taray,

Yo qahru g‘azabni toqatim boricha qil.

To‘liq holini o‘qish
Ko‘nglum tilagi visol emishtuk, bildim ...

Ko‘nglum tilagi visol emishtuk, bildim,

Ul vasl dog‘i mahol emishtuk, bildim.

Har qandaki bo‘lsa mehribondur, der edim,

Ul dog‘i g‘alat xayol emishtuk, bildim.

To‘liq holini o‘qish