Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Keltursa yuz baloni oʼshal bevafo manga,
Kelsun, agar yuzumni evursam, balo manga.
Netkaymen, ul rafiq bilakim, qilur base –
Mehru vafo – raqibgʼa, javru jafo – manga?
Ne ko‘ray to‘bini qaddi xushxiroming borida?!
Ne qilay sunbulni xatti mushkfoming borida?!
Kim Xizr suyin og‘izlag‘ay labingning qoshida?!
Kim Masih alfozidin degay kaloming borida?!
Chun falak qo‘ymas meni bir lahza vasl ayyomida,
Tong yo‘q, ey bemehr, agar o‘lsam firoqing shomida.
Ey ko‘ngul, yuzin ko‘rub, zulfi parishonin sog‘in,
Shomi hijrondin tavahhum ayla vasl ayyomida.
Yog‘lig‘ingkim, jon bila men xastadurmen, zor anga,
Xasta jonlar rishtasidindur magar har tor anga.
Evrulur boshingg‘au gohi yuzunga yuz qo‘yar,
Bu jihatdin ot emish «gulpech»u gah «gulzor» anga.
Ul parining tig‘idin qo‘rqutma meni, ey raqib,
Ishqida boshimg‘a mening har ne kelsa, yo nasib!
Evrulub boshingg‘a, ey oy, qilmisham tarki vatan,
Rahm qilg‘il mangakim, sargashtadurmen, ham g‘arib.
Eshigingg‘a bosh urarmen telbalar yanglig‘ yurub,
Ey pari, yo‘l ber visolingg‘aki, ketmay bosh urub.
Sarv qadding borida o‘z qaddini chun qildi vasf,
O‘tqa yoqti bog‘bon sarvi sihisin sindurub.
G‘ofil o‘lma, ey soqiy, gul chog‘in g‘animat tut,
Vaqti aysh emas boqiy, ol chog‘ir, ketur, bat tut!
Bu nasihatim tingla: ne bo‘lur kishi yongla,
Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g‘animat tut!
Ey yuzi nasrin, qomati shamshod,
Necha qilursen jonima bedod?
Sen kibi purkor, shevasi bisyor,
Bilmadi, ey yor, hech kishi yod.
Shoh Sulton Uvays binni Mahmud,
Moh Sulton Uvays binni Mahmud.
Qaddu og‘zingdin ayru tortarmen –
Oh, Sulton Uvays binni Mahmud.
Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur,
Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur.
Xati labig‘a tutash bo‘lsa, ey ko‘ngul, ne ajab,
Ki, Xizr chashmayi hayvong‘a rahnamoyedur.
Yangi oy yor yuzi birla ko‘rub el shodu bayramlar,
Manga yuzu qoshingdin ayru bayram oyida g‘amlar.
Mening bu tori mo‘ yanglig‘ tanimg‘a toblar soldi,
Ul oyning yuzida sunbul kibi zulfidag‘i xamlar.
Ochilib ikki sochi yuziga yoyilmishlar,
Yoruq jahonni ko‘zumga qorong‘u qilmishlar.
Chog‘ir bag‘ir qonidur barcha ishq ahlig‘a,
Zihi alarki, bu maydin dame oyilmishlar.
Xati binafsha, xadi lola, zulfi rayhondur,
Bahori husnda yuzi ajab gulistondur.
Engu mengi oyu dog‘i, yuzu so‘zi gulu mul,
Qadi ravonu tani jonu erni marjondur.
Za’fdin go‘yo mening bu zor jismim noldur,
Kim, oning sharhin demakta xoma tili loldur.
Za’fliq jismim bila bu notavon ko‘nglum aro,
Dard yor erkanga ushbu egma qaddim doldur.
Ko‘nglumni chu ul pari olibtur,
Devona bo‘lurg‘a ne qolibtur?
Bedil ekanimni emdi bilgay,
Chun bir kishi ko‘nglini olibtur.
Mendin o‘zga xastalarg‘a la’lidin darmon berur,
Men berurmen jonu ul umr o‘zgalarga jon berur.
Oshiqi – men, ul qilur ag‘yorg‘a mahbubluq,
Dardmandi – men, vale ul o‘zgaga darmon berur.